Kichik o‘lchamli, ammo kuchli Dyson V9 raqamli boshqaruvli dvigateli daqiqasiga 110 000 gacha aylanish tezligida aylanadi va har bir soniyada 13 litrgacha havoni kuchaytirgichga uzatadi.
Beshta nozuli, shu jumladan, yangi jingalaklarni boshqarish moslamasi. Intellektual haroratni nazorat qilish. Kuchli Dyson raqamli motor V9.
Tez quritish va turmaklash uchun. Standart rejim. Yumshoq quritish uchun.
100°C – tez quritish va soch turmaklash uchun.
80°C – standart soch feni.
60°C – yumshoq quritish.
28°C – sovuq havo oqimi.
Sovuq havo funksiyasi (28 °C) soch turmagini tartibga solish va mustahkamlash uchun ishlatiladi.
Yangi dizayndagi 2 ta konsentrator nozuli – keng va tor profilli – yuqori tezlikdagi konsentratsiyalangan havo oqimini hosil qiladi, bu esa soch turmagini mukammal shakllantirishga mos keladi. Konsentratsiyalangan havo oqimi yordamida har bir buklni alohida shakllantirish mumkin, boshqa soch tolalariga tegmasdan.
Takomillashtirilgan diffuzor dizayni bukllar atrofida havoni yanada bir tekis taqsimlashni ta’minlaydi va tabiiy quritish jarayonini taqlid qiladi. Bu soch tolalarining kamayishiga va bukllarning aniqroq shakllanishiga yordam beradi. Uzun tishlar esa katta soch bo‘laklarini turmaklashga imkon beradi, soch ichiga chuqur kirib borib maksimal nazoratni ta’minlaydi.
Sochni yumshoq quritish uchun mo‘ljallangan nozul, yupqa sochlar va nozik bosh terisi uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, havoni tarqatib, yumshoq va salqin havo oqimini hosil qiladi, shu bilan birga sochlarni tez quritadi.
Bukilgan sochlar uchun maxsus ishlab chiqilgan yangi taroqning mustahkam va keng tishlari sochlarni quritish paytida cho‘zishga yoki ularga hajm va shakl berishga yordam beradi.
Havoning haroratini soniyada 40 marta o‘lchaydi, ekstremal issiqlik ta’siridan sochlarni shikastlanishining oldini oladi va ularning tabiiy porlashini saqlashga yordam beradi.
секундына 41л
Fen uy sharoitida ishlatilganda, filtrni oyiga ikki marta tozalash tavsiya etiladi.
Vilkasi O‘zbekiston standarti bo‘yicha mo‘ljallangan.
Bizning kompaniyamizning zavodlari va fabrikalari Malayziya, Xitoy hamda Filippinda joylashgan. O‘zbekiston Respublikasida sotib olingan mahsulot ham ushbu mamlakatlardan birida ishlab chiqarilgan bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, Dyson kompaniyasi mahsulotining ishlab chiqarilgan mamlakatidan qat’i nazar, sifatining barqarorligini kafolatlaydi.